2 776
Shifokor: Koronavirus profilaktikasi uchun vitaminlarni sun’iy emas, tabiiy qabul qilgan yaxshiroq
19 iyul kuni «Tez yordam» loyihasining birinchi sonida virusolog Dildora Sekler koronavirusga chalingan va uyida davolanayotgan bemorning hali kasallik alomatlari sezilmayotgan oila a’zolari uchun tavsiyalar berdi.
«Bu holatda bemorning oila a’zolariga umumiy tavsiyalar beriladi. Masalan, ular vitamin D qabul qilishlari mumkin. Sababi dunyo bo‘ylab 80 foiz odamda bu vitamin yetishmovchiligi aniqlangan. Shuning uchun koronavirus yuqtirgan bemorning yaqinlariga profilaktik miqdorda vitamin D va C ichish tavsiya etiladi», – deydi virusolog.
Dildora Sekler
Uning ta’kidlashicha, profilaktik miqdorda qabul qilinadigan vitamanlarni shifokor tavsiyasiga asosan ichish shart emas. Vitaman D’ning profilaktik miqdori 2000–4000 mg atrofida, vitamin S – askorbinka kislotasining profilaktik dozasi esa kuniga 500 mg.ni tashkil etadi.
Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra’no Qosimova tavsiya qilingan bu tabletkalar dori vositasi emas, vitaminlar ekanini, lekin ular o‘rniga turli mevalar ham iste’mol qilish mumkinligini maslahat berdi.
«Vitamin S ovqat hazm qilish muammolari bor odamlarga, ho‘l meva yeyishga qiynaladigan paytda tavsiya qilinishi mumkin. Lekin agar odam o‘zini yaxshi his qilsa va sog‘ligida muammosi bo‘lmasa, tabletka ko‘rinishidagi vitaminlarni emas, balki mevalarni iste’mol qilishi yaxshiroq. Bunda vitamin sun’iy emas, tabiiy qabul qilinadi», – dedi Ra’no Qosimova.
Ra’no Qosimova
Immunolog-infeksionist, tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xo‘jayeva esa hamma mevalarda ham vitamin D bo‘lmasligini, shuning uchun uni sun’iy ravishda ham qabul qilishga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
«Lekin vitamin D’ning toksik dozasi ham mavjud. Shuning uchun uni iste’mol qilmoqchi bo‘lgan odam qonida vitamin D’ning darajasini aniqlab olgani yaxshi. Agar bunga imkon bo‘lmasa, unda profilaktik dozada qabul qilsa, zarar qilmaydi», – dedi Aziza Xo‘jayeva. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi