15:39 / 20.07.2020
4 541

«Indamay olib borib, ko‘mib kelish boshlandimi?». Sirdaryodagi shubhali dafn marosimi videosiga aniqlik kiritildi

«Indamay olib borib, ko‘mib kelish boshlandimi?». Sirdaryodagi shubhali dafn marosimi videosiga aniqlik kiritildi
Ijtimoiy tarmoqlarda shubhali dafn marosimi uyushtirilgani tasvirlangan video tarqaldi. Unda marhum maxsus himoya kiyimidagi odamlar tomonidan ko‘milayotgani aks etgan bo‘lib, voqea Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida 18 yoki 19 iyul kuni olingani aytilgan.

Mazkur videodagi holat yuzasidan Mirzaobod tumani hokimligi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, dafn etilgan shaxs Mirzaobod tumanida istiqomat qilgan E.O‘. ismli fuqaro bo‘lib, 13 iyul kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam Sirdaryo viloyat filialiga noma’lum isitma tashxisi bilan tushgan. 14 iyul kuni kechasi yurak ishemik kasalligi gipertoniya kasalligi xuruji oqibatida vafot etgan.

Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi, viloyat SEOM epidemiologlari va boshqa taalluqli mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, labarotoriya tekshiruvlari mavjud bo‘lmasa-da, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan degan taxminiy tashxis qo‘yilgan.

Tuman aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va ko‘payishining oldini olish maqsadida viloyat mutaxassislari tavsiyasiga ko‘ra, vafot etgan fuqaro Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 mart kuni tasdiqlangan «Koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar jasadini dafn etish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vaqtinchalik qoidalar to‘g‘risida»gi buyrug‘i asosida dafn qilish ishlari amalga oshirildi.

Mayitni dafnga tayyorlash va dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish musulmonchilik qoidalari asosida Shoshilinch tibbiy yordam markazida amalga oshirilgan.

«Dafn marosimida ishtirok etgan marhumning 10 nafar qarindoshi, SEOM mutaxassislari, mahalla raisi va huquq tartibot organi vakillari xavfsizlik nuqtai nazaridan himoya vositalari bilan ta’minlandi. Dafn marosimi diniy idora vakillari ishtirokida musulmonchilik qonun-qoidalari asosida 2020 yil 15 iyul kuni o‘tkazilgan», — deyiladi munosabatda.

Qayd etish joizki, 17 iyuldan beri SSV Sirdaryo viloyatining statistikasini Toshkentdan alohida berishni boshladi. Ungacha esa 7 iyuldan so‘ng 10 kun davomida birontayam yangi holat haqida xabar berilmagandi. Ammo bu oraliqda Sirdaryoda koronavirus qayd etilgan. Bu SSVning Sirdaryoda 69 yoshli erkak vafot etgani haqidagi xabaridan oydinlashdi. Vafot etgan shaxs gulistonlik bo‘lib, unda 11 iyul kuni koronavirus aniqlangan. Fuqaro koronavirusga chalingani va vafot etgani haqida vazirlik xabarida qayd etilmagan.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov 14 iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda aholidan kelib tushgan savollarda so‘nggi vaqtlarda o‘lim va kasallanganlar bo‘yicha real raqamlar xususida ishonchsizlik keltirib chiqarayotgan holatlar haqida izoh berib o‘tib, O‘zbekistonda statistik ma’lumotlarni pasaytirib ko‘rsatishdan hech kim manfaatdor emasligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Indamay olib borib, ko‘mib kelish boshlandimi?». Sirdaryodagi shubhali dafn marosimi videosiga aniqlik kiritildi