17:26 / 20.07.2020
1 997

245 mln. so‘mdan ortiq soliq qarzlari undirildi

245 mln. so‘mdan ortiq soliq qarzlari undirildi
Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga To‘rtko‘l tuman Davlat soliq inspeksiyasining 08.05.2020 yildagi qaroriga asosan qarzdor “To‘rtko‘ldonmahsuloti” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi tuman Davlat soliq inspekiyasi foydasiga 245 mln. 020,7 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga shu kunning o‘zidayoq kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ijro hujjatining ijrosini tamiynlash maqsadida, tegishli tartibda belgilangan choralar ko‘rilib, tomonlarga yuborilgan va qarzdor jamiyatning ayrim hisob raqamlarida pul mablag‘lari aniqlangan.
Shundan keyin, Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdor jamiyatning balansidagi mol-mulklari va hisob-raqamlari xatlangan.

Majburiy ijro harakatlari natijasida, joriy yilning 27-may kuni belgilangan soliq qarzdorligi to‘liq undirilib, tuman davlat inspeksiyasi hisob raqamiga o‘tkazib berildi va shu orqali hozirgi murakkab sharoitda Respublika budjetiga o‘zlarining oz bo‘lsa ham hissasi qo‘shildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 245 mln. so‘mdan ortiq soliq qarzlari undirildi