2 919
«To‘y ortidan aza kelib chiqmasin...» — Bosh vazir o‘rinbosari aholini karantinga rioya etishga chaqirdi
Bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev Sog‘liqni saqlash vazirligiga bildirilayotan tanqidlarga munosabat bildirdi.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi hech narsani eplay olmayapti, tizim xodimlari ishlay olmayapti, degan e’tirozlarni qilmaslikni iltimos qilardim. O‘zim koronavirus bemorlari davolanayotgan bir nechta kasalxonaga kirdim – shifokorlarning qanchalik fidokorona mehnat qilayotganiga guvoh bo‘ldim.
Bu soha xodimlarini asrash o‘zimiz uchun foyda. Ertaga agar ular ham zararlansa, hayoti xavf ostida qolsa, frontning old qatorida turgan mutaxassislardan ayrilib qolishimiz mumkin.
O‘zimizni o‘zimiz asraylik. Karantin menga ta’sir qilmaydi, deb o‘ylamaylik. Bironta hududda 30 kishilik to‘y bo‘lgani yo‘q. Kimni aldayapmiz? To‘yning ortidan aza kelib chiqish ehtimolini unutmaylik. Janoza tadbirlarini qisqartirish, eng yaqinlari bilan o‘tkazish haqida aytildi. Lekin bunga rioya qilinmagach, yana karantin normalarini qaytarishga majbur bo‘ldik», – dedi Musayev XPKning 20 iyuldagi sessiyasida.
Hukumat vakili, shuningdek, 1 avgustgacha belgilangan karantin cho‘zilishi ehtimoli haqida gapirar ekan, vaziyatdan kelib chiqilishi, ammo davlat rahbari tomonidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ishlashi kerak, degan talab qo‘yilganini aytib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?