Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari koronavirusdan vafot etdi

Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari koronavirusdan vafot etdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari Hakimboy Halimov 66 yoshida omonatini topshirdi.
U koronavirusda vafot etgani aytilmoqda.

Qoraqalpog‘iston prokuratura organlarida samarali mehnat qilgan H. Halimov bir necha yil Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan. Faoliyati davomida 3-darajali Davlat aldiya maslahatchisi (general mayor) rutbasiga munosib ko‘rilgan H. Halimov 2017 yildan — 2019 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘istondagi Xalq qabulxonasi mudiri vazifasini ado etgan.

2019 yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar