Foto: Wikipedia
Olimlar fikriga ko‘ra, ultrabinafsha mebel, stollar, skameykalar va boshqa narsalar yuzasidagi koronavirusni o‘ldiradi.
Ultrabinafshaga ega nurlar ostida virus yetarli darajada tez nobud bo‘ladi. Ultrabinafsha ta’siri ostida ham ular tezda o‘ladi.
Bundan xavfli viruslar bilan ishlaydigan laboratoriyalarda dezinfeksiya usuli sifatida foydalaniladi, deb «G.P. Somov nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti» eksperimental virusologiya laboratoriyasining yetakchi ilmiy xodimi Galina Kompanes so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti. Natijada, ko‘chada umumfoydalanadigan buyumlardan virusni yuqtirib olish xavfi pasayadi.
Ammo, infeksiyani yuqtirib olishning asosiy yo‘li – havo-tomchi hisoblanadi. Demak, kasal odam bilan xoh ko‘chada, xoh yopiq binoda yaqin aloqada bo‘lganda virusni yuqtirib olish mumkin.
Ultrabinafsha odamga yuqqan virusga ta’sir qilolmaydi yoki organizmni viruslarga ta’sirchanligini pasaytirolmaydi. Bundan tashqari, Covid-19 zarralari changga o‘tirib, ma’lum vaqt davomida havoda muallaq turishga qodir. Shu tufayli ham niqob taqish majburiy bo‘lib qolishi kerak.
«Agar bu bevosita aloqa bo‘lsa, masalan suhbatlashganda, yuz niqob bilan himoyalanmagan bo‘lsa, yo‘tal yoki aksa urganda infeksiya yuqishi mumkin», - dedi ekspert.
Quyosh nurlari ostida bo‘lishning katta afzalligi bor. Ultrabinafsha odam organizmida vitamin D ishlab chiqishiga sabab bo‘ladi. Uning yetishmovchiligi esa immunitetni susaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi