09:12 / 23.07.2020
1 962

Janubiy Koreya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ikkinchi insonparvarlik yordamini yubordi

Janubiy Koreya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ikkinchi insonparvarlik yordamini yubordi
Foto: «Dunyo» axborot agentligi
Janubiy Koreya taqdim etgan va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi uchun mo‘ljallangan insonparvarlik yordamining ikkinchi jo‘natmasi ortilgan Korean Air aviakompaniyasi samolyoti 22 iyul, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:10 da O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekistondagi Janubiy Koreya elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 144 ming dona tibbiy niqobdan iborat insonparvarlik yordamining birinchi jo‘natmasi 2020 yilning 10 iyul kuni yetkazib berilgan. Hozirgi ko‘mak yukida 206 ming dona shu kabi tibbiy niqoblar mavjud.

Foto: «Dunyo» axborot agentligi
Koronavirus infeksiyasining O‘zbekistonda tarqalishining dastlabki kunlaridan boshlab Janubiy Koreya mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga texnik va maslahat yordamini ko‘rsatib kelmoqda.

Xususan, koronavirus tarqalishining dastlabki bosqichida professorlar Soy Chje Uk va Yun Sing Ju maslahatchi sifatida O‘zbekistonda bo‘lib, mahalliy mutaxassislarga kasallikka qarshi kurashda yordam bergan. Aprel oyi oxirlarida O‘zbekistonga qiymati 250 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan diagnostika to‘plamlari taqdim etilgandi.

Foto: «Dunyo» axborot agentligi
Bundan tashqari, Koreya elchixonasi, Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Xalqaro sog‘liqni saqlash va tibbiyot jamg‘armasi, Suv korporatsiyasi, Yer va uy-joy korporatsiyasi (LH) ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga yordam ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Janubiy Koreya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ikkinchi insonparvarlik yordamini yubordi