13:31 / 24.07.2020
2 424

Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlagan.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon davlat rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Ikki tomonlama do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘z navbatida, Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov prezidentni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, xalqimizga farovonlik tiladi.
Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomidan davlat rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy kooperatsiya va muhim infratuzilma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi, deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi