23:38 / 24.07.2020
3 805

Buxoroda davlat soliq xizmati xodimlari qolipli non mahsuloti narxini asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaydilar

Buxoroda davlat soliq xizmati xodimlari qolipli non mahsuloti narxini asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaydilar
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida mamlakatimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, karantin cheklovlarining ilk kunlaridan boshlab davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan bozorlar, savdo komplekslari, oziq-ovqat do‘konlarida hamda dorixonalarda narx-navoning asossiz oshib ketmasligi borasida tadbirkorlik sub’ektlari bilan doimiy tarzda tushuntirish ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Buning uchun birinchi galda, viloyat hududidagi davlat soliq organlari xodimlari tomonidan barcha tadbirkorlik sub’ektlariga mas’ul xodimlar biriktirilgan bo‘lib narx-navoni doimiy tarzda nazorat qilib kelmoqdalar.

Kuni-kecha davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan Buxoro shahrida qolipli non mahsuloti narxlarini sun’iy oshirmaslik borasida non va non mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlarida bo‘lishib, bu yerdagi qolipli non mahsuloti narxlarini o‘rganishdi.

Xususan, “Oltin boshoq issiq noni” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lishib, bu yerdagi non va non mahsulotlarini ishlab chiqarilishi, ayni karantini davrida aholining doimiy talabiga ega bo‘lgan qolipli non mahsulotlarini narxlarini sun’iy oshirmaslik borasida korxona raxbariyatiga tushuntirishlar berildi. Ushbu sexda ishlab chiqarilayotgan qolipli non mahsuloti iste’molchilarga 1500 so‘mdan sotilmoqda. Ulgurji bozorda esa ushbu non mahsulotini 1300 so‘m hamda 1400 so‘mdan yetkazib berilayotganiga guvoh bo‘ldik. Ayni paytda qolipli non mahsuloti narxlarida umuman o‘zgarish kuzatilmagan.

– Bizni korxonamiz 15 turdagi non va non mahsulotlarini ishlab chiqaradi, – deydi korxona rahbari Shuxrat Vasiyev. – Pandemiya davrida bizni un mahsulotiga bo‘lgan zaxiramiz yetarli va aholiga qolipli non mahsulotlarini o‘rtacha 1300 so‘mdan hamda 1500 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda yetkazib bermoqdamiz.

Davlat soliq xizmati xodimlari “Omad baxt quvonch” korxonasida ham bo‘lishib, bu yerdagi qolipli non mahsulotini narx-navosini o‘rgandi. Aniqlanishicha, ushbu non ishlab chiqarish korxonasida ham pandemiya davridan oldin qolipli non mahsuloti 1400 so‘m va 1500 so‘mdan sotilgan bo‘lsa hozirda ham ushbu qolipli nonning narxi o‘zgarmagan. Ya’ni, 1400 so‘mdan savdo majmualariga hamda 1500 so‘mdan aholiga yetkazib berilmoqda.

– Biz pandemiyadan oldin ham aholiga qolipli non mahsulotini o‘rtacha 1400 so‘m hamda 1500 so‘mdan etkazib berganmiz, –deydi korxona ish yurituvchisi Muslimbek Sharipov. –Hozirgi karantin davrida ham biz tomonimizdan ishlab chiqarilgan qolipli non mahsulotlarimiz aholi dasturxoniga 1500 so‘mdan etkazib berilmoqda. Oziq-ovqat savdo majmualarida esa o‘rtacha 1300 so‘m hamda 1400 so‘mdan etkazib berib turibmiz.

Bu boradagi o‘rganishlar savdo shaxobchalarida ham o‘tkazildi. Savdo majmualaridagi qolipli non mahsuloti yetkazib beruvchilar tomonidan 1300 so‘mdan hamda 1400 so‘mdan keltirib berilmoqda. Oziq ovqat do‘konlarida ushbu non mahsuloti 1500 so‘mdan aholiga sotilmoqda. Narxlarda o‘zgarish kuzatilmadi.
Buxoroda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan qolipli non mahsuloti narx-navosi o‘zgarmagan holda o‘rtacha 1400 so‘m hamda 1500 so‘mdan aholiga sotilmoqda.

Buxoro viloyat DSB
matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda davlat soliq xizmati xodimlari qolipli non mahsuloti narxini asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaydilar