14:15 / 26.07.2020
2 323

Sardobalik aholi uchun mo‘ljallangan 53 mln. so‘mlik mahsulotlar soxta hujjat orqali olib ketildi

Sardobalik aholi uchun mo‘ljallangan 53 mln. so‘mlik mahsulotlar soxta hujjat orqali olib ketildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, fuqaro M.J. Sardoba toshqinidan jabr ko‘rib, tumanning 21-sonli maktabiga evakuatsiya qilingan aholi uchun zarur nooziq-ovqat mahsulotlarini olib kelish maqsadida, Sardoba tuman Qizil yarim oy jamiyati rahbari nomidan soxta hujjatlar tayyorlab, ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan 53 mln so‘mlik mahsulotlarni maxsus ombordan olib chiqib, noma’lum shaxslarga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan M.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sardobalik aholi uchun mo‘ljallangan 53 mln. so‘mlik mahsulotlar soxta hujjat orqali olib ketildi