2 333
Sardobalik aholi uchun mo‘ljallangan 53 mln. so‘mlik mahsulotlar soxta hujjat orqali olib ketildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, fuqaro M.J. Sardoba toshqinidan jabr ko‘rib, tumanning 21-sonli maktabiga evakuatsiya qilingan aholi uchun zarur nooziq-ovqat mahsulotlarini olib kelish maqsadida, Sardoba tuman Qizil yarim oy jamiyati rahbari nomidan soxta hujjatlar tayyorlab, ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan 53 mln so‘mlik mahsulotlarni maxsus ombordan olib chiqib, noma’lum shaxslarga sotib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan M.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi