18:50 / 26.07.2020
2 379

Bosh vazir o‘rinbosari karantin uzaytirilgani uchun aholi va tadbirkorlardan uzr so‘radi

Bosh vazir o‘rinbosari karantin uzaytirilgani uchun aholi va tadbirkorlardan uzr so‘radi
Bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev karantin muddatining yana cho‘zilgani natijasida aholiga noqulaylik paydo bo‘lgani uchun uzr so‘radi.

«Kasallik boshida bizni chalg‘itib, yengil formada kechgan edi, endi esa og‘ir formaga o‘tayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. 80 foizdan ortiq holatda bemorlar uyda davolanyati. Chunki tibbiyot muassasalarining kuchi va joyi yetmayapti. Tibbiyot xodimlarining mardonavor jonkuyarligini ko‘ryapmiz.

Birinchi navbatda, o‘z uzrimni keltirmoqchiman. Nega uzr? Karantin choralarini majburan kiritish natijasida ayrim aholi qatlamlariga noqulaylik yaratishga majbur bo‘lyapmiz. Transport harakatiga, ish faoliyatini tiklashga, bozorlardagi tadbirkorlar ishini vaqtincha to‘xtatib turishga majbur bo‘layotganlardan uzr so‘rashimiz kerak. Bunga majburmiz.

Hozir pirovard maqsadimiz – aholi sog‘ligini saqlab qolish. Buning uchun nima kerak bo‘lsa, qilishimiz shart. Shuningdek, tomoshabin bo‘lmasligimiz, o‘zimizni ehtiyot qilishimiz kerak. O‘zimizni himoya qilsak, niqob taqsak, bir-birimizdan masofa saqlasak, mavjud urf-odatlardan vaqtincha voz kechsak, kasallikning oldini olishga, xavf solayotgan balodan aholini asrashga ulguramiz. Xalq bizni tushunadi degan umiddaman.

Yaqinim, o‘zim kasal bo‘lsam, qanday qilib tibbiyot muassasasiga boraman, degan murojaatlar bor. Bu borada hech qanday cheklov yo‘q. Milliy gvardiya xodimlari ham, ichki ishlar xodimlari ham bunday vaziyatni to‘g‘ri tushunadi. Hozir ayrim faoliyat turlari masalasida birgalikda sabr qilib, birinchi navbatda kasallikning oldini olsak, keyin hammasini tiklab olishga imkoniyat yaratiladi.

Karantin muddatini cho‘zish davolash tizimini yaratish, kerakli tibbiyot uskunalarini keltirib olish, dori-darmonlar zaxirasini ushlab turishga imkon beradi
», – dedi Musayev «O‘zbekiston-24» telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan mamlakatda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh vazir o‘rinbosari karantin uzaytirilgani uchun aholi va tadbirkorlardan uzr so‘radi