2020 yilning 23 iyul kuni soat 18:05da haydovchi, 26 yoshli Sh.S. o‘z boshqaruvidagi DAF FT XF 105 rusumli yuk avtomashinada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 1009-1010 kilometrlari oralig‘ida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, ushbu yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Ukraina fuqarosi, 32 yoshli I.S.ning boshqaruvida bo‘lgan VOLVO rusumli yuk avtomashinasining chap yon tomoniga borib urilgan.
Shundan so‘ng, u ushbu yuk avtomashinadan keyin harakatlanib kelayotgan Ukraina fuqarosi 29 yoshli Yu.K.ning boshqaruvida bo‘lgan VOLVO rusumli yuk avtomashinasining oldi tomoniga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada, DAF FT XF 105 rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.S. hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida DAF FT XF 105 rusumli yuk avtomashinasi hamda Yu.K. boshqaruvidagi VOLVO rusumli yuk avtomashinalarida yong‘in kelib chiqib, har ikkala yuk avtomashinasi butunlay yonib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi