Foto: Milliy gvardiya
Ma’lumki, mamlakatimizda joriy qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etishi Milliy gvardiya, Ichki ishlar va SENDI xodimlari tomonidan nazoratga olingan.
Joriy yilning 26 iyul kuni Buxoro viloyatida jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb etilgan Milliy gvardiya va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd tadbiri mobaynida Buxoro tumanida joylashgan «Chyorniy kvadrat» nomli tungi klubning yashirin faoliyatiga chek qo‘yildi.
Milliy gvardiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, reydda kuchaytirilgan karantin bo‘lishiga qaramasdan tungi soat 22.30 larda «Chyorniy kvadrat» tungi klubi 3 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan. Yashirin tarzda mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgani klub rahbariyati MG hamda IIB xodimlarining talablariga bo‘ysunmasdan klub eshigini ochmaslikka harakat qilsada, o‘rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq chora qo‘llanilgan holda ichkariga kirilgan. Natijada yosh yigit-qizlarning musiqa sadolari ostida ovqatlanib, chilim chekayotgani va ular orasida voyaga yetmaganlar ham borligi aniqlangan.
Karantin talablarini bila turib unga amal qilmaganligi va mijozlarga yashirin xizmat ko‘rsatganligi uchun klub rahbari fuqaro G.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, klubning 13 nafar mijoziga ham karantin qoidalarini buzganliklari bois tegishli ravishda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi