23:25 / 28.07.2020
3 441

Jinoyat uchun jazo muqarrar!

Jinoyat uchun jazo muqarrar!
Xalqimizda “Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi” degan maqol bor. Bu maqol bejizga aytilmagan. Halol yo‘l bilan topilgan mol-mulk ham barakali bo‘ladi, ham yurak xotirjam bo‘ladi.

Biroq halol mehnat qiyin va mashaqqatli bo‘lib, bunga amal qilmasdan oson yo‘l bilan daromad topishni orzu qilib, qilmishi jinoyat ko‘chasiga yetaklashini juda kech angab yetganlar ham yo‘q emas.

2020 yil iyul oyining 20 kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudi ochiq sud majlisi sudya Z.Ibragimovning raisligida sudlanuvchi M.Rayimjonov(ism-sharif o‘zgartirilgan) va boshqalarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

M.Rayimjonov 2019 yil mart oylarida Navoiy shahridan avtomashina xarid qilib, puli yetmaganligi sababli qolgan pulini bir yil muddatga bo‘lib to‘lashga kelishadi. Hech qayerda ishlamagan M.Rayimjonov pullarni o‘z vaqtida to‘lay olmaydi. Natijada, avtomashina egasi o‘z mulkini qaytib olib ketadi.

Shunda, M.Rayimjonov oson yo‘l bilan pul topib, qarzini uzishga bel bog‘laydi. Taassufki, bu yo‘lda unga sherik ham tez topiladi.
M.Rayimjonov 2020 yil 30 may kuni soat 2030larda o‘zining tanishi Abdullayev Miraziz bilan bir guruh bo‘lishib, oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Nurota tumani “Qizilcha” MFY Qo‘shquduq qishlog‘i hududidagi yaylovlarda qarovsiz holda o‘tlab yurgan, Nurota tumani “Qizilcha” MFY, Qo‘shquduq qishlog‘ida yashovchi Obloqulov Sayfiddin Sheraliyevichga tegishli bo‘lgan har birining bahosi 1.500.000 so‘mdan bo‘lgan jami 21.000.000 so‘mlik, 14 bosh mayda shoxli mollarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashirinishadi.

Sud Nurota tuman Yoshlar ittifoqi bu ikkala yoshlarning qilmishidan pushaymon ekanligini, boshqa jinoyat sodir etmasligiga kafillik berganligini inobatga olib, ish hujjatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, dalillarga baho berib, sudlanuvchilarga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Oqibatki, ikki yoshning umri zavol bo‘lib, peshonasiga “o‘g‘ri” degan tamg‘a bosilib, ota-onalari esa shunday farzandni o‘stirganidan afsuslangani kishini dilini xira qiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Nurota tuman sudi raisi
Z.Ibragimov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoyat uchun jazo muqarrar!