31 iyul – Qurbon hayiti bayramida, shuningdek 1-2 avgust – shanba-yakshanba kunlari butun respublika bo‘ylab avtotransport vositalari harakati kuchaytirilgan tartibda cheklanadi.
26 iyul kuni Respublika maxsus komissiyasi qat’iy karantinni yana ikki haftaga uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi. Unga asosan, ko‘plab muassasalar 15 avgustgacha yopiq qoladi, dam olish kunlari transportlar harakatiga butun sutka davomida keng miqyosda cheklov qo‘yiladi.
Shanba va yakshanba kunlaridan tashqari, 31 iyul – Qurbon hayitining birinchi kuni ham respublika bo‘yicha transportlar harakati taqiqlanishi belgilangan.
Maxsus komissiya Hayit bayramini uy sharoitida, oila davrasida, hashamatsiz va kamtarona, tartibli hamda xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishni tavsiya etgan.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashining fatvosiga ko‘ra, Qurbon hayitini masjidlarda ado etish mo‘min-musulmonlar zimmasidan soqit bo‘ladi. O‘zbekistonliklar buning o‘rniga to‘rt rakat Zuho (choshgoh) namozini o‘qishlari mustahab bo‘ladi.
«Bu yilgi Qurbon hayiti karantin sharoitida nishonlanayotgani inobatga olib, odamlar jamlanishiga sabab bo‘ladigan urf-odatlarni tashkil etmaslik, uyma-uy yurib, turli xil azaxonliklar, ma’raka-marosimlarni o‘tkazmaslik va qabristonlar ziyoratidan saqlanishni so‘raymiz. Xonadonda, oila-a’zolari bilan birga Qur’oni karim oyatlaridan tilovat qilib, o‘tganlarimiz ruhi poklariga baxshida etishni tavsiya etamiz», – deyilgan Musulmonlar idorasi bayonotida.
Qurbonlik go‘shtini tarqatish uchun mashinada harakatlanish mumkinmi? IIV axborotiga ko‘ra, qurbonlik go‘shtini tarqatish niyatidagi fuqarolar savobli ehsonini karantin qoidalariga rioya etgan holda, mahalla raisi va faollari hamkorligida o‘zlari yashayotgan mahalla hududida amalga oshirishi maqsadga muvofiq.
Chunki Maxsus komissiya qarori bilan, 31 iyul – juma va 1-2, 8-9 avgust (shanba-yakshanba) kunlari faqat maxsus ruxsatnomaga ega va stiker olishi shart bo‘lmagan avtomobillar (ro‘yxat) harakatlanishi mumkin.
Bundan tashqari, fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tug‘ruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, test va qon topshirish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson sog‘lig‘iga va hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar talab etilmasligi belgilangan.
Mutasaddilarga yuqoridagi holatlarda fuqarolarning avtotransport vositalari harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaslik, zarur hollarda fuqarolarni manziliga yetkazishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan ko‘rsatma berilgan.
Total karantin kunlarida aholiga «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etgan holda o‘z uylarida qolish; davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)