07:57 / 01.08.2020
2 789

Buxoro viloyati hokimi nega Toshkentdagi klinikada davolanayotganiga izoh berildi

Buxoro viloyati hokimi nega Toshkentdagi klinikada davolanayotganiga izoh berildi
Keyingi kunlarda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovning kasallikka chalinib, ayni paytda Toshkentdagi shifoxonada muolaja olayotganligi ijtimoiy tarmoqlarda turli munozalarga sabab bo‘lmoqda, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Narziyevning ma’lum qilishicha, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovda joriy yilning 25 iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Shu kundan boshlab viloyat rahbari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialida muolaja olishni boshlagan.

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra viloyat hokimlari hukumat qoshidagi Tibbiyot Bosh boshqarmasi ro‘yxatida turib, zarur holatlarda tibbiy diagnostika qilish, davolash, umuman olganda, ularning salomatligini muhofaza qilish mazkur boshqarma zimmasida. Shunga muvofiq, ushbu Tibbiyot Bosh boshqarmasining talabiga ko‘ra Karim Kamolov 29 iyul kuni davolash muolajalarini davom ettirish uchun Toshkent shahridagi klinikaga ko‘chirib o‘tkazilgan.

Viloyat hokimi o‘tgan 3 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o‘tamoqda. Hozirda Karim Kamolovning ahvoli yaxshi. U yaqin kunlarda to‘liq tuzalib, o‘z faoliyatini davom ettiradi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro viloyati hokimi nega Toshkentdagi klinikada davolanayotganiga izoh berildi