Videolavhadan skrinshot
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonaning yo‘lagi to‘la murdalar aks etgan video lavha tarqalgan edi. «Hudud» yoshlar informatsion dasturida ushbu video Respublika patologik anatomiya markazida tasvirga olingani ma’lum qilindi.
«28 iyun kuni Rossiyadan charter reysida «Gruz-200» ko‘rinishida 16 ta murda kelgan edi. Murdalarni barchasi tobutlarda kelgan. Biz yashiklarni ochib, murdalarni yuvib, tozalab, tikadigan joyini tikib, dezinfeksiyalab, kafanlab qarindosh-urug‘lariga berishimiz kerak», – deydi markaz vakili jurnalist bilan suhbatda.
Uning izoh berishicha, bu video xorazmlik talabalar tomonidan tasvirga olingan bo‘lib, oilasiga qayerda ishlayotganini ko‘rsatish uchun yuborilgan. Shundan so‘ng video 18 iyul kuni Xorazm orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.
«Ushbu holatning koronavirusga aloqasi yo‘q», deydi markaz vakili. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi