Har qanday dezinfeksiya vositasi koronavirusni o‘ldira oladi, deb ma’lum qildi «Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popova. Bu haqda TASS xabar berdi.
«Istalgan dezinfektant belgilangan konsentratsiyada bu virusning yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Ya’ni biz yuzalarni nima bilan tozalasak ham, muhimi bu dezinfektant bo‘lsa bo‘ldi», – dedi Rossiyaning bosh davlat sanitariya vrachi.
Popovaning qo‘shimcha qilishicha, yuzalarda koronavirus 48 soatgacha o‘z faolligini saqlab qolishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov dezinfeksiya tadbirlari haqida so‘z yuritib, bu choralarning samaradorligiga shubha qilish mutlaqo o‘rinsiz ekanini ta’kidlagandi.
«Ochiq joylar, bozorlar, yo‘laklar dezinfeksiya qilinishidan maqsad – odamlar u yerga tuflagani, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning tushgani yoki odamlarning qo‘li bilan ushlagani sababli infeksiya tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdir», – degandi Otabekov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi