O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov karantin cheklovlari qanday shart-sharoitda bekor qilinishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.
«Xabaringiz bor, navbatdagi karantin davri 15 avgustgacha uzaytirilgan. Biz ma’lum darajadagi plato chizig‘iga, barqarorlikka erishishimiz, kelgusida kasallanishlar holatini kamaytirishimiz va karantin cheklovlarini bekor qilishimiz uchun hozirgi vaqtda o‘rnatilgan cheklovlarga amal qilishda davom etishimiz kerak», – dedi u «O‘zbekiston 24»ga bergan intervyusida.
Aziz Abduhakimov fuqarolar tibbiyot niqoblarini pastga tushirib olmay to‘g‘ri taqishlari, antiseptiklardan foydalanishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari muhimligini ta’kidladi.
«Mana shu 15 kun ichida barcha talablarga qat’iy rioya eta olsak, u holda mazkur muddat tugagach, mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, hozirgi cheklovlarni olib tashlashimiz mumkin bo‘ladi», – dedi hukumat vakili. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi