2 002
O‘zbekistonda bionik ko‘zlarning yangi avlodini implantatsiya qilish texnologiyasi yaratilishi mumkin
Foto: Fotolia / romaset
Ko‘z setchatkasini degenerativ va tomirlari kasalliklarida ko‘rish funksiyalarni qisman tiklash maqsadida retinal protezlarni qo‘llash O‘zbekistonda nogironlik darajasini kamaytirishga imkon beradi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Tibbiyot fanlari bo‘yicha” Ilmiy texnik kengashning navbatdagi onlayn majlisida vazirlik tomonidan e’lon qilingan tanlovlarga topshirilgan loyihalar muhokama qilindi.
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi innovatsion va amaliy loyihalar tanlovining 1-12-turlari qayta e’loniga kelib tushgan amaliy loyihalar taqdimoti va muhokamasi o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, ushbu tanlovda e’lon qilingan “Bionik ko‘zlarning yangi avlodini implantatsiya qilish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha ham muhokama qilindi. Ko‘z setchatkasini degenerativ va tomirlari kasalliklarida ko‘rish funksiyalarni qisman tiklash maqsadida retinal protezlarni qo‘llash O‘zbekistonda kam ko‘rish, ko‘rlik va ko‘rish bo‘yicha nogironlik darajasini kamaytirishga imkon beradi.
Ushbu mavzu bo‘yicha qilinadigan loyiha ko‘zning tomirli qobig‘i va setchatkaning degenerativ kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda sun’iy ko‘rishni ta’minlash maqsadida respublikada ilgari qo‘llanilmagan yangi avlod Argus II retinal protezni implantatsiyasi bilan mikroxirurgik aralashuvning yangi texnologiyasini tatbiq etishga yo‘naltirilgan.
Loyiha noyob, innovatsion bo‘lib, respublika va Markaziy Osiyoda qaytarib bo‘lmaydigan ko‘rlik muammosining hozirgi holatini yaxshilashga imkon beradi. Loyiha bo‘yicha Kengashning tegishli qarori qabul qilindi va vazir hay’atiga topshirildi, deyiladi Innovatsion rivojlanish vazirligi xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi