15:55 / 06.08.2020
1 996

Bog‘chalarning faoliyatini tiklashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Bog‘chalarning faoliyatini tiklashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida koronavirus infeksiyasi pandemiyasi sababli to‘xtatilgan faoliyat jarayonini tiklashga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ushbu faoliyatni tiklashdan maqsad, xodimlar va tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz muhitni ta’minlash orqali, bolalarni normal maishiy hayot, o‘yinlar va ta’lim jarayoniga qaytarishdir.

Bunda virus tarqalishi va uni yuqtirib olish xavfini bartaraf etish maqsadida joriy etilgan ta’qiq choralarini hisobga olgan holda, qo‘shimcha xavfsizlik choralari ham tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

Ammo, bolalar o‘rtasidagi oraliq masofa, ularning ijtimoiy faolligi, amaliy mashg‘ulotlari va rivojlantiruvchi o‘yinlariga halaqit bermasligi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bog‘chalarning faoliyatini tiklashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda