00:37 / 07.08.2020
3 077

Bugun 742 kishida koronavirus aniqlandi, 804 kishi kasallikdan tuzaldi

Bugun 742 kishida koronavirus aniqlandi, 804 kishi kasallikdan tuzaldi
6 avgust kuni mamlakatimizda 742 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 704 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 38 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent, Andijon, Farg‘ona hamda Navoiy viloyatlarida jami 804 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 28 535 nafar bemordan 19 587 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 771 nafar bemordan 728 nafari og‘ir, 217 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun 742 kishida koronavirus aniqlandi, 804 kishi kasallikdan tuzaldi