17:07 / 08.08.2020
3 533

Rossiyada migrantlar uchun talab yuqori bo‘lgan kasblar aytildi

Rossiyada migrantlar uchun talab yuqori bo‘lgan kasblar aytildi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning aytishicha, Rossiya korxonalarida migrantlar uchun talab yuqori bo‘lgan kasblar payvandchilik va elektriklik hisoblanadi.

7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Senatning 6-yalpi majlisida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Rossiyadagi mehnat migrantlarining kasbiy malakasini oshirish borasidagi ishlar xususida axborot berdi.

Rostrud (Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmat) orqali Rossiya federatsiyasi korxonalaridagi vakant ish o‘rinlari haqida ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lganmiz. Bu ma’lumotlar asosida Rossiyadagi fuqarolarimizni ishga joylashtirish imkoniyati bor.

Shuningdek, mehnat muhojirlari xorijda bo‘lib turgan paytda ularning malakasini oshirish borasida ishlar olib borilmoqda. Xususan, Pushkin nomidagi hamda RUDN (Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti) bilan shartnoma imzolangan. Avgust oyidan boshlab, fuqarolarni rus tiliga o‘qitish va kasbga o‘rgatish boshlanadi. Rostrud o‘qitish uchun binolardan imtiyozli asosda foydalanishga ham yordam beradi.
Rossiya korxonalarida migrantlar uchun ikkita kasbga – payvandchilik va elektriklikka talab juda yuqori
”, dedi vazir.

Husanovga ko‘ra, pandemiya tufayli O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalalari ham ko‘rilmoqda.
O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolardan 76200 nafarining bandligi ta’minlandi. Jamoat ishlariga jalb qilish, subsidiya ajratish, kooperativlarga birlashtirish asosida bandlik masalasi hal qilinmoqda. Xususan, qaytganlarning 6,5 ming nafariga shaxsiy tomorqani rivojlantirish uchun subsidiya ajratildi, 3,9 ming nafari kooperativlarga jalb qilindi”, deyiladi vazir axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada migrantlar uchun talab yuqori bo‘lgan kasblar aytildi