Rahmat Mamatov, Azizbek Ikromov va Botir Parpiyev
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasida bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.
Kun.uz xabariga ko‘ra, yig‘ilishda tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, vazir o‘rinbosarlari Azizbek Ikromov va Botir Parpiyevga hayfsan e’lon qilindi.
Avvalroq, bosh vazir raisligida videoselektor o‘tkazilayotgani, ayrim mahallalar raislari keskin tanqid qilingani xabar berilgandi.
Hukumat rahbari moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarga respublika budjetidan ajratilgan bir martalik moddiy yordam pullarini tarqatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim mahallalar raislarining qilmishini keskin tanqid qildi.
Bosh vazir buni hech qaysi mezon bilan oqlab bo‘lmasligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi