Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shamuratov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qildi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Shamuratov mansabga sovuqqonlik bilan qaragani, mahallalar bilan ishlamaganligi va muhtojlar ro‘yxatini shakllantirishda tizimli ish tashkil qilmaganligi sababli ishdan bo‘shatilgan.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Murod Isaboyev Sergeli tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Baxtiyor Shamurtov Toshkent davlat agrar universiteti (1999) va O‘zbekiston DSQ Soliq akademiyasi (2002) bitiruvchisi.
U 1999-2012 yillarda soliq qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan, 2012-2014 yillarda Toshkent Kapital qurilish boshqarmasida ishlagan, 2014-2018 yillarda Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lgan, 2018 yil davomida Toshkent turizmni rivojlantirish departamenti direktori bo‘lgan, 2018-2019 yillarda Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2019 yil sentabridan buyon Sergeli tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti