date
views 3 370

Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zidan avvalgi hokimni jazoga tortdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zidan avvalgi hokimni jazoga tortdi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning qator tumanlari rahbarlarini intizomiy jazoga tortdi.

Bugun (8 avgust) imzolangan farmoyishga (№113-f) ko‘ra, pandemiya davrida aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilayotgani hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Mirzo Ulug‘bek (Sh. Irgashev), Uchtepa (F. Abdullayev), Chilonzor (S. Mahametov), Yashnobod (X. Tillashayxov) tumanlari hokimlariga «xayfsan» berildi.

Intizomiy jazoga tortilganlar orasida poytaxtning sobiq hokimi, hozirda Yunusobod tumani hokimi vazifasini ado etayotgan R. Usmonov ham bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zidan avvalgi hokimni jazoga tortdi