13:43 / 09.08.2020
2 278

Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Prezident qarori bilan Farg‘ona viloyati hokimligiga bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Prezidentning «2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasini hal etadi.

Transport vazirligi Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasi to‘liq hal etilgandan keyin bir hafta muddatda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi.

Moliya vazirligi Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lovlarini joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan qoplanishini va kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi