Prezident qarori bilan Farg‘ona viloyati hokimligiga bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Prezidentning «2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasini hal etadi.
Transport vazirligi Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasi to‘liq hal etilgandan keyin bir hafta muddatda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi.
Moliya vazirligi Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lovlarini joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan qoplanishini va kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi