2020 yilning 3 avgust kunidan 4 avgust kuniga o‘tar kechasi 23 yoshli A.O. voyaga yetmagan tanishlari 17 yoshli A.T., 17 yoshli D.X. va 15 yoshli B.S. bilan birgalikda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida joylashgan yashash xonadonida spirtli ichimlik iste’mol qilishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, D.X. va B.S. ko‘chaga chiqib ketishgan, A.T. esa xonadon egasi A.O.ning uxlab qolganligidan foydalanib, Lacetti rusumli avtomashinasini qo‘riqlov pulti orqali ochib, avtomashinani boshqarib, yaqin atrofda bo‘lgan B.S. va D.X.ni avtomashinaga chiqarib, qonunga xilof ravishda olib qochib ketgan.
So‘ng, A.T. spirtli ichimlik ta’sirida ushbu avtomashinada Beshariq tumani, Yakkatut qishlog‘i hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomonida bo‘lgan daraxtga urilib to‘xtagan.
Natijada A.T., B.S. va D.X. hodisa joyida yengil tan jarohatlari olib, hodisa joyidan qochib ketishgan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida Lacetti rusumli avtotransport vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi