21:30 / 11.08.2020
4 348

JIB Toshkent shahar sudida sobiq prokurorning «ishi» ko‘rilmoqda

JIB Toshkent shahar sudida sobiq prokurorning «ishi» ko‘rilmoqda
Jinoyat ishlari bo‘yicha (JIB) Toshkent shahar sudida prokuratura sobiq xodimi I.Kalonovga oid jinoyat ishi ko‘rilmoqda.

2011 yilning oxirida katta shov-shuvlar bilan hibsga olinib, salomatligiga jiddiy putur yetishi natijasida ozodlikka chiqarilgan sobiq prokurorni yaqin og‘aynisi «ushlab bergani» aytiladi. Firibgarlik va pora berishga qasd qilishda ayblangan sudlanuvchi turmush o‘rtog‘i bilan birga qo‘lga olingani haqida ham gap-so‘zlar urchigandi o‘z vaqtida.

Oradan sakkiz yil o‘tib, uning «ishi» birinchi marta yuqori instansiyada ko‘rib chiqilmoqda.
Yaqin o‘tmishning ko‘p sir-sinoatlaridan «hikoya qiluvchi» qiluvchi mazkur jinoyat ishi yaqin oylarda yakuniga yetishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » JIB Toshkent shahar sudida sobiq prokurorning «ishi» ko‘rilmoqda