2 228
Namunaviy tergov xonalarida gumonlanuvchi himoyachi bilan alohida uchrashishi mumkin bo‘ladi
AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni ijrosi muhokama qilindi.
Tadbirda so‘z olgan Bosh prokuratura akademiyasi kafedra boshlig‘i Xurshid Karimov namunaviy tergov xonalari, bu boradagi amaldagi tartib va namunaviy tartibda tashkil qilinadigan tergov xonalarining farqi haqidagi savolga javob berdi.
«Mazkur xona zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanadi, turli ovoz yozish apparatlari, video uskuna moslamalari o‘rnatiladi. Xalqaro standartlarda tergov xonalaridagi devor ham ovoz o‘tkazmaydigan maxsus uskunalar bilan jihozlangan, ovozni tiniq yozadigan maxsus qoplamalar bilan qoplangan bo‘ladi. Bundan tashqari, zamonaviy standartlar asosida himoyachi bilan gumonlanuvchi (ayblanuvchi) uchrashishi uchun alohida xona mavjud bo‘ladi. Ya’ni tergov organlari ularning nima haqida so‘zlashayotganini bilmaydi, yakka uchrashish uchun imkoniyat yaratiladi.
Tergov faoliyatini namunaviy tashkil etishda turli suiiste’molchiliklarning oldini olish, qiynoq, qadr-qimmatni kamsituvchi muomalani qo‘llash bilan bog‘liq holatlarni bartaraf etish uchun barcha zarur choralardan iborat sharoit yaratilishi nazarda tutiladi.
Bugungi kunda e’tibor qaratadigan bo‘lsak, hamma tergov xonasida ham zamonaviy video yoki ovoz yozish moslamalari yo‘q. Barcha tergov xonalarida ham himoyachi bilan xoli uchrashish uchun xonalar mavjud emas. Namunaviy tarzda tergov xonalarini tashkil etish deganda aynan shu narsa nazarda tutilyapti», deydi Xurshid Karimov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi