Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi:
2020 yil 20 avgustdan boshlab:
- buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyati (sanitar tozalash ishlarini o‘tkazish uchun haftada bir marta sanitar kunini e’lon qilgan holda). Bunda, supermarket va boshqa yirik do‘konlar;
- uyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyati (sanitar tozalash ishlarini o‘tkazish uchun haftada bir marta sanitar kunini e’lon qilgan holda). Bunda, supermarket va boshqa yirik do‘konlar;
- kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to‘shaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 370S va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lishini, shuningdek, ushbu ob’ektlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlash talab etiladi;
- ishchi, xizmat, umumiy sanitar-gigiyenik uzel xonalarini, yirik sig‘im maydonlarini (xonalarini) va havo aylantirish tizimini ultrabinafsha zararsizlantirish anjomlari bilan jihozlash choralarini ko‘rishi lozim.
Sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar faoliyati. Ushbu ob’ektlar faoliyatini amalga oshirishda:
- ularning doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;
- har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37°C va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish, ijtimoiy masofani ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan jamoaviy sport turlarini o‘tkazmaslik talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin