Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi «Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 808-sonli qarori bilan voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek voyaga yetmagan bolalar, er (xotin), sobiq xotin (sobiq er) va boshqa mehnatga layoqatsiz shaxslar ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyatini ta’minlashda garov shartnomasini tuzish tartibi belgilangan.
Mazkur Qaror mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish borasida qator targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, buning natijasini Byuroning Tuproqqala tuman bo‘limi misolida ko‘rishimiz mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 17.02.2015 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor D.Masharipovdan undiruvchi M.Abdullayeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadlarining 1/4 qismi miqdorida voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari, qolaversa, targ‘ibot ishlari natijasida tomonlar kelishib, farzandi voyaga yetguniga qadar 91.245.600 so‘m aliment pullari undiruvchi foydasiga naqd ko‘rinishda undirib berilgan.
Ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi