Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova O‘zbekistonda karantin yana joriy qilinishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.
«10 iyuldan boshlab joriy qilingan qat’iy karantin respublikada koronavirus tarqalishini nisbatan jilovlash imkonini berdi. 15 avgustdan boshlab mamlakatda karantin cheklovlari yengillashtirildi. Bu iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda barqaror faoliyatni ta’minlash, shuningdek, aholi turmush sharoitlarini yengillatish uchun zarur edi. Karantin cheklovlarini yengillatish u bekor qilinganini anglatmaydi.
Shu kunlarda Respublika maxsus komissiyasi yuqorida ta’kidlangan qoidalarga rioya qilmaslik kasallik sonining takror oshishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu esa o‘z navbatida qat’iy karantin cheklovlarini qayta joriy etishga sabab bo‘lishi mumkin», dedi u AOKA shtabidagi brifingda.
Shtab a’zosi virusdan himoyalanish uchun rioya qilish zarur bo‘lgan choralarni eslatib o‘tdi.
«Koronavirus infeksiyasi epidemiyasining oldini olish maqsadida respublika maxsus komissiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni individual himoya choralariga qat’iy rioya qilishda davom etishga chaqiradi. Xususan, jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, qo‘llarni muntazam yuvish va antiseptik vositalardan foydalanish talab etiladi», dedi Abdusamatova. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi