16:25 / 18.08.2020
4 189

Koronavirus infeksiyasining ilk alomatlari paydo bo‘lishi ketma-ketligi ma’lum qilindi

Koronavirus infeksiyasining ilk alomatlari paydo bo‘lishi ketma-ketligi ma’lum qilindi
Foto: TASS/EPA[sup][/sup]
Amerikalik olimlar koronavirus infeksiyasining birinchi alomatlari paydo bo‘lishi ketma-ketligini aniqlashdi. Ular o‘tkazgan tadqiqot Frontiers in Public Health nashrida chop etilgan.

Mutaxassislar koronavirusga chalingan 55 mingdan ko‘proq bemorning kasallik tarixini o‘rganib chiqishgan. Aniqlanishicha, koronavirusga chalinganlarda dastlab tana harorati ko‘tarilishi, so‘ngra yo‘tal paydo bo‘ladi. Shundan keyin bemorlarda mushaklarda og‘riq, ko‘ngil aynish va ichburug‘ kuzatiladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu yangilik shifokorlarga koronavirusni o‘z vaqtida aniqlash va davolashda yordam beradi.
Avvalroq rossiyalik feldsher Anna Dmitriyeva o‘zining bemorlar bilan ishlash tajribasiga tayanib, hid sezish qobiliyati yo‘qolganlarda deyarli 100 foiz holatda koronavirus aniqlanganini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, amerikalik olimlar koronavirusning yana bir noodatiy alomatini aniqlashgandi. Ularning ta’kidlashicha, uzoq davom etuvchi hiqichoq tutishi koronavirus infeksiyasidan darak berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus infeksiyasining ilk alomatlari paydo bo‘lishi ketma-ketligi ma’lum qilindi