18:08 / 18.08.2020
2 526

Muhojirlarga yo‘l haqi, patent va sug‘urta xarajatlari uchun past foizli kreditlar beriladi

Muhojirlarga yo‘l haqi, patent va sug‘urta xarajatlari uchun past foizli kreditlar beriladi
Foto: President.uz
Mehnat muhojirlariga yo‘l haqi, patent va sug‘urta xarajatlari uchun 10 million so‘mgacha past stavkada kreditlar ajratiladi. Bu haqda 17 avgust kuni xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash yuzasidan prezident Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, ushbu masala O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba bunday formatda muhokama qilinmoqda.

Mamlakatimizda har yili 600-700 ming aholi mehnat bozoriga kirib keladi. Iqtisodiyot tarmoqlarini va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijasida yiliga 500 minggacha ish o‘rni yaratilmoqda. Shuning uchun, qariyb 200 ming kishining bandligini tashqi mehnat migratsiyasi orqali ta’minlashga to‘g‘ri kelmoqda. Bu tabiiy jarayon, barcha rivojlanayotgan davlatlar shunday bosqichdan o‘tgan. Qayerda mehnat migratsiyasi to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lsa, bandlik, oilalar daromadi, malakali mutaxassislar ko‘paygan.

Keyingi yillarda Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan mehnat migratsiyasi borasida xalqaro shartnomalar imzolandi. Chet ellarda ishlayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, 100 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Shunga qaramay, yechimini kutayotgan muammolar hali ko‘p.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda hokimliklarga chet eldan qaytgan fuqarolarga kasbi, malakasi va rejasidan kelib chiqib, ish topishiga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, hududlardagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filiallarining vakolatlari kengaytirilib, ularga xorijiy ish beruvchilar bilan bevosita shartnoma tuzish, migratsiya xizmatlari bilan muzokaralar o‘tkazish huquqi beriladi. Bu filiallar rahbarlari viloyat hokimining yordamchisi hisoblanadi.

Mehnat migrantlari hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash uchun Xorijdagi fuqarolarni himoya qilish jamg‘armasidan mablag‘ ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz elchixonalari o‘zga davlatlardagi vatandoshlarimiz diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlashi lozimligini alohida ta’kidladi. Yurtparvarlik, mehr-oqibat hissi bilan xorijdagi fuqarolarimizga yordam berib kelayotgan shaxslarni e’tirof etish, davlat mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Chet elda mehnat qilayotganlarni vatani bilan bog‘lab turadigan eng katta vosita madaniyat ekanini inobatga olib, ular uchun shunday tadbirlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, televideniyeda O‘zbekiston elchixonalari va konsulliklarining xalq xizmatidagi faoliyatini keng yoritib borish tavsiya etildi.

Buning uchun sektor rahbarlari, mehnat va mahalla idoralari vakillari o‘z hududidagi shunday tashabbuskorlar ro‘yxatini shakllantirib, ularning biznes loyihasi bilan tanishadi. Ro‘yxatdan o‘tishga ko‘maklashib, 3 oygacha ijara to‘lovlari bo‘yicha subsidiya beriladi. Shuningdek, tadbirkorlikni boshlash uchun kredit resurslari ajratiladi hamda bank kreditlari ta’minoti bo‘yicha sug‘urta polisi xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi. Bu maqsadlarga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan yil yakuniga qadar 25 milliard so‘m, kreditlar uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Yana bir masala – xorijda ishlayotgan fuqarolarning mehnat stajini hisobga olish tizimida atigi 4,5 ming nafar kishi ro‘yxatga olingan. Shu bois mutasaddilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatga olish va mehnat stajini hisoblash tizimini migrantlar uchun ham tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muhojirlarga yo‘l haqi, patent va sug‘urta xarajatlari uchun past foizli kreditlar beriladi