08:00 / 20.08.2020
2 840

Kuz va qish mavsumlarida koronavirus og‘ir kechishi mumkinmi?

Kuz va qish mavsumlarida koronavirus og‘ir kechishi mumkinmi?
AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva kuz va qish mavsumlarida odam tanasida koronavirusning kechishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi:

— Dunyodagi statistik ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, har yili mavsumiy gripp va yuqori nafas yo‘llari kasalliklari ushbu fasllarda ko‘p uchraydi.

Mavsumiy gripp — bu odamdan odamga o‘tuvchi, butun dunyo bo‘ylab uchraydigan o‘tkir virusli infeksiya hisoblanadi. Ko‘p insonlar tibbiy yordamsiz ham bu kasallikdan to‘liq sog‘ayib ketadi.

Qish mavsumida o‘tkir respirator kasalliklar fonida koronavirus infeksiyasining qo‘shilishi kasallikning darajasini, albatta, oshiradi.

Lekin bizda bugun davolash mezonlari ishlab chiqilgan va ishonchimiz komil bo‘lishi kerakki, bizning fuqarolarimiz koronavirusga qarshi choralarni susaytirmasdan bajarishda davom etishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuz va qish mavsumlarida koronavirus og‘ir kechishi mumkinmi?