18:38 / 22.08.2020
3 657

Nafas siqilmayotganini qanday aniqlash mumkin?

Nafas siqilmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda aholi murojaati va savollari yuzasidan javob qaytarildi.

- Shifokor mendan nafasim siqilmayotganini so‘radi. Buni qanday aniqlasa bo‘ladi?
- Nafas siqilishi - bu havo yetishmasligini his qilish. nafas olish tezligi, xotirjamlikda daqiqasiga 22 ta nafas olish bo‘lishi lozim.
Nafas chastotasini xotirjam holatda o‘lchash uchun quyidagilarni bajarish zarur:

- Sekundomer yoki qo‘l soatini oling yoki uyali telefoningizda sekundomerni yoqing;
- agar bu vaqtgacha harakatda bo‘lgan bo‘lsangiz 5 daqiqa dam oling;
- o‘tirgan yoki yotgan holda qo‘llaringizni ko‘ksingizga qo‘ying;
- ko‘krak qafasingizni harakatlantirib necha marta nafas olishingizni sanang;
- 1 daqiqadan so‘ng sanashni to‘xtating. Katta kishilarda normal nafas olish chastotasi 12-18 ta bo‘ladi.
Agar ko‘rsatkichlar 22 tadan ko‘p bo‘lsa shifokorga murojaat qiling - bu nafas olishda muammo borligini ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nafas siqilmayotganini qanday aniqlash mumkin?