5 579
Oliy sud mojaroga nuqta qo‘ydi: mashina orqa yon oynalariga parda o‘rnatish qonunbuzarlik emas!
Ancha vaqtdan beri davom etib kelayotgan mojaro - avtomobillarning orqa yon oynalariga parda o‘rnatish ma’muriy huquqbuzarlikmi yoki yo‘qmi, degan savolga Oliy sud uzil-kesil nuqta qo‘ydi: qonunbuzarlik emas!
Oliy Masjlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevga ko‘ra, mazkur ma’lumotni bir nechta manbalar tasdiqlagan.
Ma’lumki, shu paytgacha mashinaning orqa yon oynalariga parda o‘rnatish Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 126-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik deb hicoblanib, haydovchilar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarimaga tortilib kelinayotgan edi (agar shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobar miqdorida belgilangan). Sud, chamasi, mashina orqa yon oylariga parda o‘rnatish «haydovchining tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar» toifasiga kirmaydi deb topgan.
Yaqin vaqtlar ichida Oliy sudning bu bo‘yicha rasmiy xabar berishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi