19:31 / 25.08.2020
2 719

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor sudi tomonidan jazoni o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik tamoyili qo‘llanildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor sudi tomonidan jazoni o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik tamoyili qo‘llanildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomasida “Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak” degan chuqur ma’noli so‘zlar keltirib o‘tildi.

Shunga ko‘ra, sudlar birinchi navbatda xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qilish uchun qonunchiligimizda belgilab qo‘yilgan insonparvarlik pritsipiga tayanmoqda.
Qonunga muvofiq, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.
Shu sababli, sudlar tomonidan azaldan xalqimizga xos kechirimlilik va mehr-muruvvat ko‘rsatish fazilatlari amalda qo‘llanilmoqda.

Bugungi kunda, sudlarda ko‘rilayotgan ishlarda, taraflarni murosaga keltirish, jabrlanuvchining buzilgan huquqlarini tiklash, unga yetkazilgan zararlarni to‘la undirish choralari ko‘rish, aybdor shaxslarga adolatli, qilmishiga yarasha jazo tayinlash, mana shunday davrda millatimzga xos kechiririmlik, yo‘lidan adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish va ularga imkoniyatlar berishga sudlar tomonidan ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 24 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan 18 nafar mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsipi qo‘llandi.

Navbahor tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhida hisobda turib, sud hukmi bilan tayinlangan jazolarni o‘tab turgan, o‘z qilmishini anglab yetgan, ijobiy tavsifnomaga ega hamda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan bir necha mahkumlar, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi (jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) talabi asosida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.

Asosiy maqsad, odil sudlovni amalga oshirish hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilgan holda ularni huquqiy ongini oshirish va jamiyatda adolat mezonini targ‘ib qilish hisoblanadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor sudi tomonidan jazoni o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik tamoyili qo‘llanildi