Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining 16.09.2019 yildagi 1903/5088-sonli sud buyrug‘iga asosan “Farg‘ona Zulfizar omadi” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga “Quva paxtani qayta ishlash zavodi” aksionerlik jamiyati hisobidan 232 mln 840,2 ming so‘m undirish belgilangan.
Mazkur sud hujjatiga asosan Majburiy ijro byurosi Quva tuman bo‘limi davlat ijrochisi Sh.Xolmamatov tomonidan 17.09.2019 yilda 7076-sonli ijro ish yurituvi qo‘zg‘atilgan va qarzdor “Quva paxtani qayta ishlash zavodi” aksionerlik jamiyatiga 15 kunlik ixtiyoriy muddat belgilangan.
Biroq, qarzdor “Quvani paxtani qayta ishlash zavodi” aksionerlik jamiyati sud hujjati ijrosini ta’minlamasdan, aksincha to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Davlat ijrochisining bir necha bor ogohlantirishlariga qaramasdan, hattoki jamiyatning bank hisobraqamlariga qarz summasidan kelib chiqqan holda taqiq qo‘yilgan bo‘lsada sud hujjati ijrosi ta’minlanmadi.
Davlat ijrochisi tomonidan jamiyat balansida bo‘lgan oshxona bino-inshootlari xatlanib, onlayn savdo maydonchasiga sotuvga chiqarilishi ishlari nihoyasiga yetay deb turgan bir vaqtda qarzdor “Farg‘ona Zulfizar omadi” MCHJ oldidagi qarzini to‘lab berishini ma’lum qildi.
20.08.2020 yilda qarzdor “Quva paxtani qayta ishlash zavodi” aksionerlik jamiyatidan tadbirkor foydasiga 232 mln 840,2 ming so‘m qarzi to‘liq undirib berilib, qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha taqiqlar bekor qilindi. O‘z navbatida, ijro hujjati ham tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi