Foto: «Nyoooz.com»
Nyu-York Maunt-Sinay tibbiyot kompleksi olimlari COVID-19 kasalligining og‘irligi va omon qolish ehtimolini taxmin qilish mumkin bo‘lgan omillarni aniqlashdi. Bu haqda «Nature Medicine» jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qilingan.
Tadqiqotchilar qonda aylanib yuradigan va odatda infeksiyalarga qarshi immunitet reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan sitokinlar deb ataluvchi to‘rtta peptid molekulalarini o‘rganishib, ulardan ikkitasi — IL-6 va TNF-α alomatlar og‘irligi, asoratlar va o‘lim xavfini belgilashi mumkinligini aniqlashdi. Olimlar og‘ir ahvoldagi bemorlarning qon zardobida ushbu sitokinlar darajasi oshganini kuzatishdi. Bu bemorlarning boshqa asosiy kasalliklari, demografik ko‘rsatkichlar, yosh va jinsga bog‘liq bo‘lmagan.
Test natijalariga ko‘ra, IL-6 yoki TNF-α darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda o‘lim xavfi hatto boshqa xavfli omillarni hisobga olganda ham, ikki baravar ko‘p bo‘lgan. Shunga qaramay, virusga qarshi remdesivir yoki kortikosteroid deksametazon kabi preparatlar sitokinlar darajasini kamaytirishi va kasallikning ijobiy kechishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi