2 101
Samarqandda tomorqasida giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotgan fuqarolar aniqlandi
Samarqand viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Qoradori-2020» tezkor-profilaktik tadbirining 2-bosqichi davomida olingan tezkor ma’lumotga asosan, Urgut tumani Xo‘jayduq mahallasida yashovchi, R. ning yashash uyi hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruv davomida ushbu shaxs tomorqasidagi poliz ekinlari orasida jami 16 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, tadbir doirasida Urgut tumani Quyiguzar mahallasida yashovchi, A.ning yashash uyi hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida ekinlar orasiga jami 9 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.
Har ikkala holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Narpay tuman IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotga asosan, Narpay tuman Navro‘z MFYda yashovchi, I.ni yashash xonadoni tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ekinlari orasida jami 11 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi