Foto: Xorazm viloyati IIB axborot xizmati
Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir natijasida qimorxona fosh etilib va qimorbozlarning jinoiy qilmishiga chek qo‘yildi.
Xorazm viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Shovot tumanining “Royat” mahallasida yashovchi fuqaro J.X. o‘z uyini xuddi kinolardagi kabi kazinoga aylantirib olgan. U 2020 yil 26 avgust kuni yirik qimor o‘yinini tashkil etish va o‘tkazishni rejalashtirib, nafaqat Shovot tumanida yashovchi, balki qo‘shni Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ham bir guruh “qimorboz”larni mehmonga taklif qildi.
Qimor o‘yiniga shu qadar berilib ketgan 21 nafar “qimorboz” hattoki xonadonga kirib kelgan ichki ishlar organlari xodimlarini payqashmadi ham. Natijada ular qimorga tikgan 33 million so‘mdan ortiq qiymatdagi pul hamda o‘yin kartalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi