
Foto: Videodan skrinshot
Surxondaryo viloyatida «GAZ» rusumli avtomashina yukxonasida 21 nafar kishini qonunga xilof tarzda tashigan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXBB xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 27 avgust kuni Surxondaryo viloyati YPX inspektorlari tomonidan avtomobil yukxonasida qonunga xilof ravishda 21 kishini ortib harakatlanayotgan haydovchi to‘xtatilgan.
Aniqlanishicha, 1981 yilda tug‘ilgan haydovchining yonida avtotransport haydash uchun ruxsat beruvchi hujjatlari bo‘lmagan. Inspektorning nega buncha ko‘p odam ortgani haqidagi savoliga haydovchi, yo‘lovchilarning avtomashinasi buzilib qolganini aytadi.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan. Avtomashina esa jarima maydonchasiga kiritilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar