20:06 / 29.08.2020
1 699

2500 dona psixotrop tabletkalarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi

2500 dona psixotrop tabletkalarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi
Psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatga chiqish uchun kirib kelgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtotransport vositasida olib chiqishga ruxsat beruvchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan jami 2500 dona “Fenazepam 1mg” va “Baklosan 25mg” nomli psixotrop tabletkalar borligi aniqlandi.

Ushbu psixotrop tabletkalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 noyabrdagi 330-sonli qarori talablari asosida maxsus ruxsatnoma bo‘lgan holdagina ruxsat etiladi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2500 dona psixotrop tabletkalarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi