22:52 / 29.08.2020
2 139

Ota aliment pullarini to‘lamadi, natijada 15 sutkaga qamaldi

Ota aliment pullarini to‘lamadi, natijada 15 sutkaga qamaldi
MIB Kitob tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 11.11.2014 yildagi ijro varaqasiga asosan tumandagi qarzdor fuqaro R.Boboyevdan undiruvchi Z.Jumanovaning foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangandi.

Qarzdordan 2018 yilga qadar bo‘lgan aliment pullari undirilgan. Ammo 2018 yil 1 avgustdan buyon ogohlantirishlarga qaramasdan, turli bahonalar bilan aliment to‘lamasdan kelgan. Oqibatda aliment qarzi 15.812.424 so‘mni tashkil etgan. Byuroning kitob tuman bo‘limi tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi va ko‘rib chiqishlik uchun tuman ma’muriy sudiga yuborildi.

Kitob tuman ma’muriy sudining qaroriga asosan qarzdor R.Boboyev O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47/4-moddasi bilan aybdor deb topilib, 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sulton Eshqulov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota aliment pullarini to‘lamadi, natijada 15 sutkaga qamaldi