Joriy yilgi mustaqillik bayramini barcha uyda kutib olsa-da, har bir xonadonda bayramona ruh hukmron. Har kimning hayotida bayramga arzigulik ijobiy o‘zgarishlar bor. Xususan, Bulung‘ur tumanining «Navbahor» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Muqaddas Yo‘ldoshevaning xonadonida ham.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ushbu xonadon vakillari ko‘pdan buyon tadbirkorlik qilish istagida edi. Xususan, bankdan imtiyozli kredit olib, quyonchilik faoliyati bilan shug‘ullanishni maqsad qilgandilar. Bulung‘ur tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi ushbu oilaning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va oilaga qo‘shimcha daromad manbai yaratish maqsadida kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan «Velikan» zotli 12 dona quyonni, barcha sharoitlari mavjud, zamonaviy quyon uyasi bilan birgalikda yetkazib berishdi.
— Quyonlar biz o‘ylaganimizdan ham katta bo‘lar ekan. Xudo xohlasa kelgusida ushbu quyonlarni yanada ko‘paytirib, oilaviy sharoitimizni yaxshilaymiz, — deydi xonadon sohibasi Muqaddas Yo‘ldosheva. — Bizga ko‘rsatilgan beminnat yordamdan juda xursandmiz. Katta rahmat.
Abdulaziz Yo‘ldoshev
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi