«Baliqchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2020 yildan boshlab sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiradigan xo‘jaliklarga suvdan foydalanganlik uchun soliq qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun belgilangan stavkalarda hisoblanadi.
Kollektor-drenaj suvlaridan olib foydalanilgan suv resurslari soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.
Baliqchilik xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan haqiqatda iste’mol qilingan suv hajmini aniqlash imkoni bo‘lmaganda, suvdan foydalanganlik uchun soliq bazasi suvni iste’mol qilish normativlarining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
2022 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi tabiiy suv zaxiralari ixtiofaunasi va suv bioresurslarining yagona ma’lumotlar banki tashkil etiladi.
Qarorga ko‘ra, baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish maqsadida pullik asosda o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Baliqchilikka o‘qitish bo‘yicha tayanch auditoriyalar, ko‘rgazmali baliqxonalar tashkil etiladi, shartnoma asosida ushbu yo‘nalishdagi klasterlar, fermer xo‘jaliklari xodimlari, shuningdek, intensiv usulda baliq yetishtirayotgan aholini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish loyihalarini amalga oshirish uchun dasturlar doirasida ajratiladigan kreditlar ustuvor ravishda baliqchilikka o‘qitish bo‘yicha kurslarning tegishli sertifikatiga ega bo‘lgan fuqarolarga ajratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?